1-kurs talabalari bilan davra suhbati
12 sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida rektor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna boshchiligida 1-kurs talabalari hamda fakultetning professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat avvalida talabalik safiga qo’shilgan 1-kurs talabalariga tabrik va samimiy tilaklar bildirilib, ular orasida eng yuqori ball to’plagan hamda olimpiada g’olibligini qo’lga kiritib talabalar safiga qo’shilgan faol yigit-qizlarga maxsus tashakkurnomalar taqdim etildi.
Suhbat davomida institutning imidji, undagi ichki tartib-intizom, darslarni samarali tashkillashtirish, innovatsion g’oyalarni amalga oshirish, ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishda talabalar uchun mavjud shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar haqida batafsil to’xtalib o’tildi. “Nur Sharqdandur” degan iborani hayotga tatbiq qilgan holda, talabalar o’z tashqi ko’rinishlari va odob-axloqlari, bilimlari va ilmiy salohiyatlari, institutning ilmiy, ijtimoiy hamda ma’naviy hayotidagi faol ishtiroklari bilan yetuk shaxs sifatida shakllanib borish bilan birga, institut imidjining yuqori darajaga ko’tarilishiga o’z hissalarini qo’shishlari ta’kidlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: