• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Devonxona va arxiv bo’limi

 Якубжанова Шахноза Бахтиёровна Yakubjanova Shaxnoza Baxtiyorovna
Lavozimi: Bo’lim mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 236 17 14
E-mail:  devonxona@tashgiv.uz

DEVONXONA NIZOMI

  1. Devonxona institutining mustaqil ish yurituvchi tarkibiy bo’limi xisoblanadi, institut ustaviga asosan rektorga bo’ysinadi.
  2. Devonxona O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Qarorlari, Farmonlari, Qonunlari, Farmoyishlari, Buyruqlari, Xay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Markaziy davlat arxivi boshqarmasining va Toshkent shahar davlat Arxivi qoidalari, institutda amal qilinayotgan buyruq va ko’rsatmalar, Respublikaning tegishli me’yoriy-uslubiy hujjatlari asosida ish yuritadi.
  3. Devonxona hujjat qabul qilish, tashqi va ichki kirim-chiqim xatlari, yozishmalarni, institut ichki buyruqlarini qayd qilib ularni ma’sul xodimlarga topshiradi.
  4. Devonxona va arxiv hujjatlarni saqlash va ularni tegishli bo’lgan qonun-qoidalarga rioya qilib, ish olib boradi, ya’ni:

–  Ish yuritishdagi hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish;

–  Bajarilishini nazorat qilish;

–  Muddati tugagan hujjatlarni hisobdan chiqarish;

  1. Devonxona ish yuritishda hujjatlarni tasdiqlash uchun institut nomi ko’rsatilgan dumaloq muxr, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro’yxatga olish muxri va to’rtburchak shtamp mavjud.
  2. Devonxona mudiri, ish yurituvchi va arxiv bo’limi xodimlari bilan birgalikda institut nomenklaturasini Toshkent shahar davlat Arxivi bilan kelishilgan holda tuzadi, rektor bilan kelishilgan holda imzolaydi va ish yuritish uchun bo’limlarga tadbiq etadi.

DEVONXONANING ASOSIY VAZIFALARI

  1. Institutda ish olib borishni tashkil etish, ish yuritish intizomi talablariga rioya qilish va takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash jarayonida maxfiylikni ta’minlash.
  2. Instiutda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarni bajarilish muddatlarini va sifatini nazorat qilish.
  3. Ijro uchun berilgan hujjatlarni xodimlar tomonidan o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish.
  4. Ish yuritishdagi muxr va shtapmlardan foydalanishni, ularni xisobga olinishini va saqlanishini taminlash.
  5. Raxbariyat qarorlarini bajarilishini nazorat qilish.
  6. Devonxona bulimida mavjud institut nomenklaturasi asosida bo’limlarda hujjatlarning to’g’ri yuritilishi, kirish-chiqish xatlarining qayd qilish kitoblarini yuritilishini nazorat qilish.
  7. Saqlash muddati tugagan hujjatlarni o’z vaqtida arxivga topshirishni tashkil etish.
  8. Institutda ish yuritishni o’rganish va nazorot qilish.
  9. Institut tarkibiy tuzilmasidagi bo’limlar va yuritiladigan jurnallarni nazorat qilish, kirish, chiqish hujjatlarini vaqtida va to’g’ri qayd etish.
  10. Xatlar va hujjatlarni qabul qilish va vaqtida javob xatini jo’natish.
  11. Dekanatlar va bo’limlarga tegishli hujjatlarni tarqatish, ularni ijrosini nazorat qilish.
  12. Devonxona va arxiv ishchilarining malakisini oshirish choralarini ko’rish.
  13. Devonxona mazkur Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o’z zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgardir.
  14. Devonxona o’z dumaloq muxriga ega. Ushbu muxr devonxona mudirasida saqlanadi.

Devonxona xodimlarining burchlari

Xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish. Mexnat intizomiga, institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, hujjatlarni tashqariga rahbariyatning ruxsatisiz chiqishiga yo’l quymaslik. Rahbariyat buyruq va farmoishlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish. Institutga taaluqli bo’lgan barcha hujjatlarning butligini, saqlanishini, mexnat muxofazasini, teknika xavfsizligi qoidalarini ta’minlash. Ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga (institut mol-mulkini toza asrab-avaylash) rioya qilish.

Devonxona mudiri lavozim vazifalari:

  • Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 12-fevraldagi 12-sonli “Ijro intizomini mustaxkamlash to’g’risida”gi, 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlarida va boshqarmalarida ish yuritish bo’yicha me’yoriy” hujjatlarni tasdiqlash va ijro nazoratini tashkil qilish to’grisida”gi qarorlari, vazirlikning 2015-yil 18-fevraldagi 58-son “Vazirlik apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga amal qilgan holda hujjatlarni ijro intizomi bo’yicha bu boradagi ishlar sifatini nazoratini tashkil etish;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirlik, idora, tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni to’g’ri ro’yxatga olish, o’z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
  • Institutdan chiquvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Kiruvchi hujjatlarni (JFC-JOB FLOW CONTROL) avtomatlashtirilgan dastur orqali ijrochilarga zudlik bilan yetkazish;
  • Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, xatlarni jo’natish va ichki hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
  • Hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazoratini tashkil etish;
  • Rektor ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni o’z vaqtida ijro etish uchun mas’ullarga yetkazish;
  • Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Institut blanklarini hisobga olib borish;
  • Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o’rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo’linmalar bilan hamkorlikda ish olib borish va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • Devonxona va arxiv bo’limi xodimlari bilan birgalikda institute nomenklaturasini Toshkent shahar davlat Arxivi bilan kelishilgan holda tuzish, rektor bilan kelishilgan holda imzolash va ish yuritish uchun bo’limlarga tadbiq etish;
  • Ish jarayonida o’z malaka va tajribasini oshirib borish hamda ish faoliyatida yangi yo’nalishlarni joriy etishni ta’minlash;
  • Devonxona xizmatiga oid bajarilgan barcha ishlar yuzasidan institut rektoriga axborot berib turish;
  • Devonxona bo’limiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan yozma murojaatlarini ro’yxatga olish, rahbariyatga zudlik bilan yetkazish va ularni vazirlik rahbariyati tomonidan qabul qilinishi va tegishli javoblar yo’llanishini qonunda ko’rsatilgan moddalar asosida bajarish;
  • Bo’limga tegishli ishchilarining malakasini oshirish choralarini ko’rish;
  • Ish jarayonida o’z malaka va tajribasini oshirib borish hamda faoliyatida yangi yo’nalishlarni joriy etishni ta’minlaydi;
  • Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma-jildlarga tikib ko’yish;
  • Hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlaydi va topshirish;

 

14.10.2019, 18:48 3832

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: