• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh kadrlar-kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

25.10.2018, 18:12 Yangiliklar 2510

2018-yilning 25-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yosh kadrlar-kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi va Toshkent shahar Kengashi Ijroiya  qo’mitasi bo’lim mudirlari, mas’ul xodimlar, fakultet professor o’qituvchilari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, partiyaning yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarida ishtirok etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari haqida so’z yuritildi.

photo_2018-10-25_18-04-31 photo_2018-10-25_18-04-36 photo_2018-10-25_18-04-47

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: