• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yakuniy nazorat ijodiy imtihon shaklida o‘tkazildi.

26.05.2021, 12:57 Yangiliklar 1811

Bugun-26 may kuni dotsent Jasur Ziyamuhammedov boshchiligida Adiblar xiyobonida Ogahiy haykali poyida “Qadimgi Sharq adabiyoti” fanidan yakuniy nazorat ijodiy imtihon shaklida o‘tkazildi. Ijodiy imtihonda 2-bosqich xitoy filologiyasi yo‘nalishi talabalari sharq xalqlari adabiyotining yetuk adiblari ijod namunalari bilan birga ulug‘ bobomiz Muhammadrizo Ogahiyning adabiy va ilmiy merosiga ham murojaat qilishdi. Xususan “Firdavs ul-iqbol”, “Zubdat ut-tavorix” singari tarixiy asarlari, “Ta’viz ul-oshiqin” devoni, adib asarlarining AQShda o‘rganilishi, “Qobusnoma” va Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sining Ogahiy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi haqida qiziqarli ma’lumotlar talabalarga yetkazildi. Ijodiy imtihonda, Ogahiy g‘azallaridan ifodali o‘qildi. Imtihon so‘nggida J.Ziyamuhammedov barcha talabalarni adabiyotni o‘rganishga undab “Kitob ulash” aksiyasini o‘tkazdi. Har bir talabaga kitob sovg‘a qildi.
Tadbirda fakultet dekani O.Ochilov, xitoy tili o‘qituvchisi S.Alimova, ingliz tili o‘qituvchisi Yu. Raksimatova va Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xudoynazarov kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

Tadbir talabalar ko‘nglida uzoq yillarga muhrlanib qoldi. Adabiyot va til fanlarining yakuniy nazorat ishlarini mana shu maskan – Adiblar xiyobonida o‘tkazishga kelishib olindi.

photo_2021-05-26_20-32-28 photo_2021-05-26_20-32-37

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: