• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Yoshlar kuni”munosib nishonlandi

26.06.2018, 17:05 Yangiliklar 3714

Ma’lumki, dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Jonajon Vatanimizda yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi sanaladi. Yurtimizda yoshlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan va barcha sohalarda imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz 2017- yil 30-iyun kuni «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatining IV-qurultoyida so‘zlagan nutqida ushbu sanani mamlakatda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edilar. Ushbu taklifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni 2017-yil 26-avgustda matbuotda e’lon qilindi va kuchga kirdi.

Mana 2018-yil 30-iyun kuni yaqinlashib kelmoqda va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 1 yilligining tantanavor bayram shukuhi Yurtimiz bo‘ylab kezib yuribdi. Jumladan, bizning Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham joriy yilning 26-iyun kuni ushbu bayram keng nishonlandi va tantanavor bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori professor A.M.Mannonov, institut prorektori Sh.Aripov, “Turkiy tillar” kafedrasi dotsenti J.Shabanov, Toshkent shahar Uchtepa tumani deputati Oybek Rahmonberdiyevlar va Yoshlar ittifoqi Shayxontoxur tuman Kengashi raisi J.Arslonovlar so‘zga chiqib, barchani Yoshlar kuni bilan muborakbod etdilar va talabalarga kelgusi faoliyatlarida omadlar tiladilar.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va she’rxonlik chiqishlari, institut talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlik salati” pazandalik tanlovi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, tadbirda mehmon san’atkor sifatida qatnashgan Stepan Kudryatsevning afsungarlik chiqishlari qatnashchilar hayratiga sazovor bo‘ldi.

Bayram munosabati bilan o‘quv yili davomida o‘zlarini har tomonlama faolligi va tartib-intizomini namoyish etgan talabalar institut rektori va Yoshlar ittifoqining maxsus diplom va fahriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

IMG_0602 IMG_0591 IMG_0573 IMG_0570 IMG_0560 IMG_0540 MVI_0576.MOV_snapshot_00.22_[2018.06.26_16.53.27]

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: