• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida soha mutaxassislariishtirokidagi profilaktik tadbir

01.12.2017, 18:29 Yangiliklar 3314

Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida soha mutaxassislariishtirokidagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHI ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori Sh.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi RKTF tinglovchisi, podpolkovnik S.Xamraev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi RKTF tinglovchisi, kapitan O.Ismatullaev, Toshkent shahar, Mirobod tumani prokurorining katta yordamchisi N.Ubaydullayeva, Mirobod tuman IIB, HPB katta inspektori S.Zayniddinov, Institut ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i J.Shabanov, Sharq filologiyasi fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini N.Raxmatullaev va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalari, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, bu borada yoshlarning o‘z millati oldidagi burchi nimalardan iborat bo‘lishi kerakligiga talabalar e’tiborini qara­tib o‘tdilar. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Prezidentning 02.02.2017 yildagi PQ-2752 Qarori, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, davlat organlari va keng jamoatchilik oldida turgan muhim vazifalar aniq va ravshan belgilab berilganligini ta’kidladilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javob va tushunchalar bildirildi. Fakultetning 1-kurs talabasi D.Burxonova va 2-kurs talabasi F.Abdug‘aniyevlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” radiosiga intervyu berishdi.

kor005 kor006 kor007 kor008

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: