• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI Yoshlar Ittifoqi BTning yig’ilishi bo’lib o’tdi

04.10.2018, 00:38 Yangiliklar 2576

2018-yilning 2-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yoshlar Ittifoqi BTning katta yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni TDSHI Yoshlar Ittifoqi BTning yangi yetakchisi D.Xolmirzaev olib bordi. Majlisda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori I.Bekmuratov so’zga chiqib, institut ijtimoiy-madaniy hayotida, o’quv va ilmiy faoliyatda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat va institut rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek,  Yoshlar Ittifoqi BTning institut yoshlari hayotidagi o’rnini oshirish, bu sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar,  TDSHI Yoshlar Ittifoqi BTning yangi kengashi tarkibi hamda yillik rejani shakllanitirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2018-10-04_00-30-58

photo_2018-10-04_00-31-02

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: