• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kuchaymoqda

23.06.2018, 17:56 Yangiliklar 3019

Ma’lumki, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni munosib qadrlaydi. Jumladan, institutimizning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan o‘zaro hamkorligi alohida ajralib turadi. Ikkala oliygoh o‘rtasida ilmiy va o‘quv ishlari qatori ma’naviy-ma’rifiy sohada ham samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Fikrimiz isboti o‘laroq, joriy yilning 23-iyun kuni “2018/2019-o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Yo‘l xaritasi”ga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Murabbiylar Kengashi raisi Lolaxon O‘rinboyeva, unversitet “Ma’naviyat va ma’rifat a’lochisi” Zarina Babayevalar ishtirokida maxsus o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda TDSHI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Aripov, Murabbiylar Kengashi raisi I.Xaydarov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi I.Islomov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, o‘qituvchi-murabbiylar va talabalar tinglovchi sifatida qatnashdilar.
Jonli muloqot tarzida o‘tkazilgan seminar davomida ikkala oliygoh mas’ullari o‘z faoliyatlariga oid masalalar yuzasidan tajriba almashdilar.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Murabbiylar Kengashi raisi Lolaxon O‘rinboyeva so‘zga chiqib, universitetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida guruh murabbiylarining faoliyatlariga hamda “Axborot va murabbiylik soatlari” o‘tkazilish jarayoni to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
O‘quv-seminar savol-javob ruhida olib borilib, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javob oldilar.

photo_2018-06-23_17-53-34 photo_2018-06-23_17-53-32 photo_2018-06-23_17-53-29 photo_2018-06-23_17-53-28 photo_2018-06-23_17-53-26

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: