• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir

10.11.2017, 17:30 Yangiliklar 3726

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida joriy ynlning 9 noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i J.Aliev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Raxmonov, institut xodimlari, fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va 300 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirdan  ko‘zlangan asosiy maqsad, hozirda o‘zining yot g‘oyalari bilan insonlarni yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarning immunitetini shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligi ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Ma’ruzachilar tomonidan mavzu doirasida turli savol-javoblar va haqqoniy misollar bilan talabalarning interaktiv muloqotga kirishishlarini ta’minlash orqali mavzu mohiyatini ochib berishga va yoshlarning to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga erishildi.

Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar oldilar.

photo_2017-11-10_17-24-13 photo_2017-11-10_17-24-03

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: