• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR YOZMA MEROSINI O‘RGANISHNING YANGI UFQLARI

16.02.2018, 11:35 Yangiliklar 3293

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida joriy yilning 14-fevral kuni ulug‘ ajdodlarimiz, o‘zbek va jahon adabiyotining buyuk namoyondalari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur yozma merosini o‘rganishning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni TDSHI rektori, filologiya fanlari doktori, professor Abduraxim Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda professorlar Boqijon To‘xliev, Qosimjon Sodiqov, Aftondil Erkinovlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, yig‘ilganlarga Navoiy va Bobur asarlarining yangi-yangi qirralari kashf etilishi, navoiyshunoslik va boburshunoslik sohalarida olib borilayotgan izlanishlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berdilar. Talaba-yoshlar bu tadbirdan o‘zlariga katta ma’naviy va ilmiy ozuqa oldilar.

photo_2018-02-22_10-33-59 photo_2018-02-22_10-33-54

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: