• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI o’qituvchi va faol talabalari “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan II jahon urushi faxriylari holidan xabar oldilar

07.05.2019, 17:36 Yangiliklar 2578

2019-yilning 7-may sanasida Toshkent davlat  sharqshunoslik instituti o’qituvchi va talabalari ikkinchi jahon urushi faxriylari holidan xabar olish hamda ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida faxriylarning xonadonlariga sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurdilar. Xususan, Sharq filologiyasi fakulteti, Koreyashunoslik fakulteti hamda Tarix va falsafa fakultetlari o’qituvchi va faol talabalari Radjabov Mamadamin Kurbovich, Chervanova Vera Pavlovna va Abdullayeva Yayra Umarovnaning holidan xabar oldilar.

Tashrif chog‘ida mezbon faxriylarimiz mehmonlarni iliq kutib oldilar. Dildan suhbat qurib, urush voqealari, janggohlarda ko‘rgan-kechirganlari, urush va urushdan keyingi yillarning azob-uqubati to‘g‘risida so‘zlab berdi. Hozirgi tinch-osoyishta va farovon hayotimizning qadriga yetish, tinchlikni asrab-avaylash hamda olib borilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shish kerakligida talaba-yoshlarga o‘zlarining dono maslahatlarini berdilar.

216 5 4 3

 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: