• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik bo’limi xabarlari

XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI

XABARLARI

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurgan

xorijiy mehmonlar

      2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga  Koreya Respublikasining Kyongdong universiteti rektori Djon Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuvda  o‘tgan davr mobaynidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Uchrashuvdan so‘ng Kyongdong universiteti rektori  Djon Li Koreyashunoslik fakultetining  Kyongdong universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan  qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan 1 kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mazkur qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan 9 nafar talabalarning 2020-yil yoz oyida Kyongdong universitetida 1 oylik stajirovka o‘tashlariga kelishildi.
photo_2020-06-29_12-30-49

2020-yilning 14-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari o‘rinbosari Muxammad El Sukkari va elchixona birinchi kotibi Xalid Moxamed Fekriy tashrif buyurdilar.

Mazkur uchrashuvda TDShI rektori G.Rixsiyeva mehmonlarga institut tarixi va faoliyati haqida ma’lumot berdi. Xususan, institutda Arab filologiyasi kafedrasi 1944-yildan  faoliyatini boshlaganligi, 76 yil mobaynida 3000dan ortiq arabshunoslar  tayyorlangani, ulardan mashhur akademiklar, elchilar, jamoat  arboblari va tadbirkorlar yetishib  chiqqanlari xamda bugungi kunda TDShIda arab filologiyasi, tarix, falsafa, iqtisod va jahon siyosati yo‘nalishlarida 600ga yaqin talaba asosiy va ikkinchi til sifatida arab tilini o‘rganayotganliklari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mazkur uchrashuv doirasida TDShI va Misr Arab Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar berildi. Shu o‘rinda Misrning Qohira universitetiga arabshunos talabalarni joriy yilning iyul-avgust oylarida arab tili bo‘yicha qisqa muddatli stajirovkaga yuborish masalasi bo‘yicha kelishib olindi.

photo_2020-06-29_12-18-52

2020 yil 21 va 29 yanvar kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga “BALCOM” o‘zbek-yapon qo‘shma korxonasi delegatsiyasi, yapon kompaniyasi boshqaruv raisi boshchiligida Tetsuro Yamasaka, kompaniya direktori Tetsuxiro Yamasaka hamda mazkur kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takafumi Xigashi tashrif buyurdilar. Kompaniya a’zolari bilan rasmiy uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Muxsinov, Yaponshunoslik fakulteti dekani E.Matchanov va Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N.Xalmurzayevalar qatnashdilar.

Uchrashuvda “BALCOM” kompaniyasi boshqaruv raisi Tetsuro Yamasaka nafaqat mazkur kompaniyaning rahbari, balki Xiroshima Universiteti Vasiylar Kengashining a’zosi sifatida ham, har ikkala tomon uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari ustida o‘z takliflarini bildirdi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov Xiroshima Universitetida TDShI professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishlari va talabalar almashinuvi dasturlari borasida hamkorlik qilish taklifini berdi. Delegatsiya rahbari janob Tetsuro Yamasaka ushbu takliflarni Xiroshima Universiteti rektoriga yetkazib qo‘yishga va kelgusida amaliy yordam berishga va’da berdi.

Bundan tashqari kompaniya rahbarlari istiqbolda TDShI talabalarini kompaniyaning Yaponiyadagi ofislariga va O‘zbekistondagi vakolatxonasiga ishga taklif etish maqsadida  Yaponshunoslik Fakulteti 4-bosqich talabalari bilan bevosita Yaponiyada ishga joylashish masalalari haqida yapon tilida savol-javob tarzida suhbatlashdilar. Suhbat yakunida “BALCOM” kompaniyasi boshqaruv raisi Tetsuro Yamasaka talabalarning yapon tilini bilish darajalari uning taxmin qilganidan ancha yuqori ekanini e’tirof etdi.

photo_2020-06-29_12-13-56

   2020 yilning 30 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinataning rahbarligida elchixona a’zolari tashrif buyurishdi.

Mazkur uchrashuvda TDShI rektori G.Rixsiyeva mehmonlarga institut tarixi, faoliyati hamda bugungi kundagi indonezshunoslik rivojlanishi haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, institutda 2013 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan “Indonez tili va madaniyati” markazi oldida kelgusida qo‘yilayotgan vazifalar haqida ham fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv doirasida TDShI va Indoneziya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar berildi. Shu o‘rinda Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi tomonidan indonez tilini o‘rganayotgan talabalar uchun TDShI Axborot-resurs markaziga 150ga yaqin kitoblar sovg‘a tariqasida taqdim etildi.

photo_2020-06-29_12-18-53 (3)

2020 yilning 31 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga  Yaponiyaning “MITSUI” kompaniyasining Nursulton, Ostona va Toshkent shahridagi filiallari bosh direktori janob Xirosuke Matsuoka tashrif buyurdi. Uchrashuvda TDShI tomonidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov, Yaponshunoslk fakulteti dekani E.Matchanov, Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Janob Xirosuke Matsuoka bilan o‘tkazilgan muzokara natijasida Yaponshunoslik fakulteti bitiruvchilarining ilmiy salohiyati va yapon tilini bilish darajalari yuqori ekanligini e’tirof etgan holda, “MITSUI” kompaniyasining Toshkent shahridagi vakolatxonasida doimiy ravishda ishlash uchun 1-2 nafar bitiruvchi talabani ishga olish masalasida  fikr almashildi. Kelgusida mazkur yo‘nalish bitiruvchi talabalar bilan davra suhbatlarida vakilning qatnashishi va istiqbolda Yaponshunoslik fakultetining moddiy-texnik bazasini va mutaxassislikka doir o‘quv adabiyotlari bilan yangilashga ko‘mak berishi kelishib olindi.

photo_2020-06-29_12-18-542020 yil 2 mart kuni O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi va L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi TDShI “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi qoshidagi Maxatma Gandi hindshunoslik markaziga 5.500 AQSh dollari qiymatidagi elektron doskani sovg‘a qildi. Kompyuter, televizor, proyektor, radio va boshqa bir qancha vazifalarni bajaruvchi ushbu doska talabalarga hindiy tilini chuqur o‘rganish, ayniqsa, internet yordamida hindiy tilini jonli tinglash va bu orqali talaffuzni yaxshilash, hind madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish kabilarni o‘zlashtirishda juda yaxshi va qulay amaliy yordam ko‘rsatadi.

Elektron doskani rasmiy topshirish uchun L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori, professor Chandra Shekxar janobi oliylari TDShIga tashrif buyurdilar. Doskani qabul qilish jarayonida TDShI halqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori E.Maxmudov, halqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Muhsinov, “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri U.Muxibova, kafedra o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

photo_2020-06-29_12-18-54 (2)2020 yilning 9 mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Boltiq halqaro akademiyasi senati raisi professor Stanislav Buka tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuvda TDShI rektori G.Rixsiyeva mehmonga institut faoliyati va tarixi haqida ma’lumot berdi. Suhbat davomida TDShI va Boltiq halqaro akademiyasi bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi va tegishli takliflar berildi. Uchrashuvda TDShI va Boltiq halqaro akademiyasi bilan magistraturada qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. Uchrashuv so‘ngida Stanislav Buka O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarga yuqori baho berdi.

photo_2020-06-29_12-18-54 (3)

 

29.06.2020, 12:51 2460

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: