SHARQSHUNOSLIKDA TARJIMASHUNOSLAR
Yusufjonova Madinabonu
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik
tarjimashunoslik mutaxassisligi
2-bosqich magistranti
SHARQSHUNOSLIKDA TARJIMASHUNOSLAR
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “O’qituvchi kasbi dunyodagi eng ulug’ va sharafli kasb” deya e’tirof etadilar.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarlarida aytganlaridek: “Uzoq yillar davomida o‘zbek adabiyotini to‘g‘ridan –to‘g‘ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan o‘g‘il- qizlarimizni mana shu mashaqqatli,ayni paytda oliyjanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvof iq bo‘lur edi.”
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannanovning tashabbusi va buyrug’iga asosan tashkil etilgan. O’sha davrdan boshlab “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat yo’nalishiga (har o’quv yili 25 nafar talaba) va magistratura mutaxassisligi talabalar qabul qilina boshlandi. Kafedraga 2011-2014 yillarda dotsent X.Hamidov, 2014-2016-yillarda filologiya fanlari doktori, professor Sh.Usmonova, 2016-yilda filologiya fanlari doktori, professor Z.Xudaybergenovalar mudirlik qilgan. 2017-yildan kafedrani filologiya fanlari doktori, professor Sh.Usmonova boshqarmoqda.
Bugungi kunda 5A120200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (sharq tillari bo’yicha) bakalavriat yo’nalishida 75 nafar talaba, 5A120201 – “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” (sharq tillari bo’yicha) magistratura mutaxassisligida 10 nafar talaba tahsil olmoqda.
2011-2012-o’quv yilida kafedrada 6 nafar o’qituvchi ish boshlagan bo’lsa, 2016-2017-o’quv yilida ularning soni 13 nafarga yetdi.
Hozirda kafedrada ikki nafar fan doktori, professor, to’rt nafar fan nomzodi, dotsent, uch nafar katta o’qituvchi va uch nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kafedrada f.f.d.prof. Dadaboyev H., f.n.dots. Ochilov E., dots. Hamidov X., f.f.n.dots. Xatamova D., p.f.n. To’ychibayeva Sh, katta o’qituvchilar Belix L., Yakubova Sh., Shamsiyeva Sh., o’qituvchilar Xudaiberdiyeva S., katta ilmiy xodim-izlanuvchi Xodjayeva N. faoliyat olib bormoqdalar.
Ushbu kafedrada bakalavriat yo’nalishida rus tili, o’qituvchining nutq madaniyati, tilshunoslik, hozirgi o’zbek adabiy tili, mutaxassislikka kirish, asosiy sharq tili, tarjima tarixi, tarjima amaliyoti, tarjima ishini tashkil etish, asosiy o’rganilayotgan til (xitoy, koreys, turk, arab, hind, fors, dariy, urdu, ingliz), amaliy tarjima, badiiy tarjima, ilmiy ush asoslari, ilmiy mantlar tarjimasi, sinxron tarjima masalalari, qiyosiy grammatika, frazeologizmlar tarjimasi masalasi kabi yigirmaga yaqin; magistratura mutaxassisligida esa mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, tarjimashunoslikning nazariy masalalari, qiyosiy tilshunoslik va tarjima ligvistikasi, asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (fors, koreys, dariy, turk, urdu), tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, o’rganilayotgan mamlakatda til vaziyati, ilmiy tadqiqot yaratish yo’llari, tarjimon mahorati va tarjima metodologiyasi kabi qariyb o’nlab fanlar talabalarga o’qitilib kelinmoqda.
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi ilmiy lohiyalarga ham ega bo’lib, o’zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilish, tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o’quv qo’llanmalari yaratish bo’yicha amaliy ishlar olib bormoqda.
Kafedra bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, misol sifatida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi, “Sharq yulduzi” jurnali, “Jahon adabiyoti” jurnali, Muhammad Yusuf fondiga qarashli “Oltin qalam” gazetasi, “Sharq qo’lyozmalari” markazi, “O’zbek tili va adabiyoti” ilmiy-tadqiqot instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti, O’zbek-ingliz tarjima fakulteti kabilarni keltirish mumkin.
Ushbu kafedrani “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” sharq tillari bo’yicha ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlikni tamomlagach, tarjimonlik, tarjimonlik va muharrirlik (ommaviy axborot vositalarida), tashkiliy-boshqaruv, xizmat ko’rsatish, ilmiy-tadqiqot, pedagogik (umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida) faoliyat olib borish mumkin. “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistrlik bosqichini tamomlab, ilmiy tadqiqot, tarjimonlik, tarjimon-referent, gid tarjimon, madaniyatlararo muloqot, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muasssalarida ilmiy pedagogik hamda o’rta maxsusu, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik va konsalting xizmati faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin.
Muntazam ilmiy izlanishda bo’lgan kafedra professor-o’qituvchilarining yetuk bilim, malaka va ko’nikmlalari tufayli shu kungacha yuzlab talabalar ushbu dargohni muvaffaqqiyatli tamomlagach yurtimizning e’tiborga sazovor maskanlarida ishlamoqdalar. Buning uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bilidiramiz va kelgusidagi ishlarida zafarlar tilab, 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni bilan qutlab qolamiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: