Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli Sharqshunoslik institutining 200–yillik yubileyi doirasida xalqaro anjuman
21-23 kunlari Moskva shahrida Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli Sharqshunoslik institutining 200–yillik yubileyi doirasida xalqaro anjuman o‘tkazildi. Bu nufuzli anjumanda institutimiz professor-o‘qituvchilaridan Ahmadjon Quronbekov, Qosimjon Sodiqov, Xalliyeva Gulnoz o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xizmat safari davomida Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika xalqlari instituti turkologiya, eronshunoslik, Markaziy Osiyo tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi, sharqshunoslik yo‘nalishidagi yangi kitoblar almashinildi. Shuningdek, olimlarimiz O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor Elchisi Botirjon Asadov qabulida bo‘lib, O‘zbekiston Rossiya orasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: