Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’lim
TO’RAYEV LAZIZ ABDIVALI O’G’LI | ||
Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99871 236 79 65 | |
E-mail: | laziz_ziyo_1986@bk.ru |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 593-sonli “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining Innovatsion jamg‘armasi to’g’risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2018-yil 9-iyuldagi 01-434-son buyruqlariga ko’ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “TDSHU Innovatsion jamg‘armasi” nizomi hamda Innovatsion Kengash tarkibi tasdiqlangan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo’limi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 5-iyuldagi 594-son “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’linma to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2018-yil 9-iyuldagi 01-435-son buyruqlari asosida universitetida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi nizomi tasdiqlangan hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi tashkil etildi.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasining faoliyatining asosiy maqsadi, vazifalari:
- tizimli ravishda innovatsion mahsulotlarga (loyihalar, nashrlar, ishlar, xizmatlar) bo‘lgan talab, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o‘rganish va masalalarni hal qilish,
- universitet professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni sohaning iqtisodiy tarmoqlarga joriy qilish va tijoratlashtirishni tashkil etish,
- yuqori tijoriy salohiyatiga ega va tijoratlashtirish uchun tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni saralab olish,
- innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tashkilot vakillarini jalb qilish,
- innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, grantlar va hayriya mablag‘larini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni jalb qilish,
- ilmiy laboratoriyalarni moddiy-texnik ta‘minlash (ilmiy-laboratoriya uskunalari, harajat materiallari va komplektlarni sotib olish),
- innovatsion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovini tashkillashtirish,
- grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash,
- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Innovatsion jamg’armasi to’g’risidagi Nizom
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: