• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoyshunoslik

21.11.2019, 15:41 Uncategorized 2363

 Ozod aka OCHILOV OZODJON MARDIYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 236 16 93
E-mail: ozod_ochilov@mail.ru

xitoy-fakulteti

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan tan olgan, oxirgi o‘ttiz yil ichida barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishi natijasida jahon hamjamiyatining qiziqishini o‘ziga tortayotgan davlatlardan biridir. Bu holat, o‘z navbatida, barchani Xitoyni har tamonlama chuqur o‘rganishga undamoqda.Xitoy kabi ulkan qo‘shni davlatni keng o‘rganish O‘zbekiston xitoyshunoslari oldidi turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentyabrdagi PQ-2228 sonli “Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Xitoyshunoslik fakultetini ochish to‘g‘risida”gi Qarori aynan O‘zbekistonda xitoyshunoslikni rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining ushbu qarorlari asosida institut rektorining 2014-yil 20-sentyabrdagi 01-243 sonli buyrug‘i bilan Xitoyshunoslik fakulteti tashkil etilgan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standarti asosida fan dasturlari va o‘quv rejalari ishlab chiqildi va darslar tashkil etildi. Hozirda fakultet dekani vazifasini f.f.n., dots. S.A.Hashimova bajarib kelmoqda.

Bugungi kunda fakultetda to’rtta kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan ikkitasi mutaxassis tayyorlovchi kafedralardir, jumladan:

  1. Xitoy tili va adabiyoti kafedrasi (Kafedra mudiri PhD O.Ochilov)
    2. Xitoy siyosati, tarixi va iqtisodiyoti kafedrasi (Kafedra mudiri t.f.d., prof. N.E.Karimova)

Fakultetda jami oltmishdan ortiq tajribali professor-o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda. Shulardan aksariyati XXR, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda bo‘lib, ulardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytgan.

FAKULTET JAMOASINING VAZIFALAR STRATEGIAYASI

  1. Ta’lim uzluksizligini ta’minlashda uzviylikka erishish;
  2. Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratish;
  3. Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini zamon talablari asosida oshirib borish;
  4. Professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish yo‘li bilan budjetdan tashqari mablag‘lar keltirish va xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish;
  5. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish asosida “Ustoz-shogird” tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini ko‘tarish;
  6. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim sifatini oshirish omillarini amalga oshirish;
  7. Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashi bilan birga ularning darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratishga muntazam jalb etish;
  8. Professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni uzluksiz va muntazam davom ettirish;
  9. Bitiruvchi talabalarni ish joylari bilan ta’minlash yo‘lida turli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Fakultetda 400 dan ortiq talaba yoshlar bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘zbek va rus tillarida tahsil olmoqdalar. Fakultetda o‘qish jarayonidan tashqari mamlakatni yanada chuqurroq o‘rgatish maqsadida bir qancha to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda. Bular: “Xitoy tili va madaniyati”, “Yosh iqtisodchilar” , “Yosh tarjimashunoslar” va “Yosh siyosatchilar” kabi to‘garaklarga qiziquvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq har yili bir guruh talaba yoshlar va o‘qituvchilarimiz Xitoyning eng nufuzli oliygohlarida malaka oshirish kurslarini o‘tab qaytmoqdalar. Shu bilan bir qatorda fakultet o‘z kutubxonasiga ega bo‘lib, kutubxona Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi yordamida xitoy, ingliz va rus tillarida til, adabiyot, iqtisod, tarix, falsafa kabi sohalardagi kitoblar bilan ta’minlangan.

Har yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xitoyshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan an’anaviy ilmiy-amaliy anjuman  o‘tkaziladi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston xitoyshunosligida mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-amaliy fikr almashish, xitoyshunoslikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, yosh olimlarning malakasini oshirish hamda kelgusida O‘zbekistonda xitoyshunoslik sohasida o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini  yaratishdan iborat.

Ushbu an’anaviy anjumanda Respublikamiz xalq xo‘jaligining  turli sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, turli xil tashkilot va Toshkentda faoliyat yuritayotgan Xitoy elchixonasi vakillari ishtirok etishadi.

Anjumanlarda O‘zbekiston xitoyshunosligining bugungi holati va kelajagi bilan bog‘liq masalalar ko‘rilib, xitoy tili, adabiyoti, siyosati, falsafasi, iqtisodi va tarixiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi. Xususan, xitoy tilshunosligi, xitoy tilini o‘qitish bilan bog‘liq masalalar, iqtisodiyot sohasidagi tajribasi va muammolari, qadimgi xitoy manbalarini o‘rganish va tarjima qilish muammolari, Konfusiy ta’limotining jamiyatdagi o‘rni masalalari, xitoy adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga o‘girish muommolari, XXRdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kabi masalalar muhokama  qilinadi. Anjuman materiallari to‘plam shaklida nashr etiladi.

Bugungi kunda fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kafedralar qoshida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Xitoy iqtisodiyoti kafedrasi qoshidagi “China club”, xitoy tili va adabiyoti kafedrasi qoshidagi “Yosh tarjimashunoslar”, “Xitoy madaniyati ixlosmandlari klubi”, Xitoy siyosati, tarixi va uning xalqaro munosabatlardagi o‘rni kafedrasi qoshidagi “Yosh siyosatshunoslar maktabi” hamda ingliz tili kafedrasi qoshidagi “English club” to‘garaklari shular jumlasidandir. Bundan tashqari talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sport bilan shug‘ullanishga o‘rgatish uchun “Pedagogika va jismoniy tarbiya kafedra” si qoshida “Mini futbol”, “Stol tennisi” va “Shaxmat-shashka” to‘garaklari tashkil etilgan.

FAKULTET BAKALAVRIAT TA’LIM YONALISHI

5120108-Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)

5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

5120700-Jaxon siyosati (Mintaqalar bo‘yicha)

5231006-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik

FAKULTET MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI

5A120101-Adabiyotshunoslik (adabiy manbashunoslik va matnshunoslik)

5A120102-Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha)

5A231001-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)

FAKULTETNING HAMKOR TASHKILOTLARI

  1. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Adabiyot muzeyi;
  2. O’zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;
  3. ToshDShI qoshidagi o’zbek-xitoy “Konfutsiy” nomidagi instituti;
  4. ToshDShI qoshidagi Yunusobod tuman 325-sonli akademik litseyi;
  5. ToshDShI qoshidagi Olmazor tuman 309-sonli akademik litseyi;
  6. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU qoshidagi xorijiy tillar akademik litseyi;
  7. Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
  8. Sirdaryo pedagogika kasb-hunar kolledji;
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti O‘zR FA Tarix instituti;
  10. A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy instituti;
  11. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;
  12. M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  13. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning iqtisod asoslari va muammolari» Iqtisod-tadqiqot markazi;
  14. Toshkent shahri Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji.

FAKULTETNING XALQARO HAMKORLIGI

  1. 北京语言大学 PEKIN TILLAR UNIVERSITETI (XXR)
  2. 北京大学 PEKIN UNIVERSITETI (XXR)
  3. 上海大学 SHANHAY UNIVERSITETI (XXR)
  4. 西安大学 XI’AN UNIVERSITETI (XXR)
  5. 兰州大学 LAN JOU UNIVERSITETI (XXR)
  6. 沈阳大学 SHEN YAN UNIVERSITETI (XXR)
  7. 新疆大学 SINJON UNIVERSITETI (XXR)
  8. CHELYABINSK DAVLAT UNIVERSITETI (ROSSIYA FEDERATSIYASI)
  9. 中央民族大学 XITOY MARKAZIY UNIVERSITETI (XXR)

Xitoyshunoslik fakulteti bugunda Xitoyning taniqli oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, yuqorida keltirib o‘tilgan universitetlar bilan hamkorlikda ilmiy va o‘quv ishlari bo‘yicha tajriba almashinmoqda. Fakultetda faoliyat yuritayotgan kafedra a’zolarining asosiy prof-o‘qituvchilarining katta qismi chet ellarda o‘zlarining tajribalarini orttirib qaytgan tajribali murabbiylardir.  Fakultet prof-o‘qituvchilari har yili XXR ning taniqli oliy o‘quv yurtlarida Markaziy Osiyo davlatlari xitoy tili o‘qituvchilari uchun yozgi kanikul paytida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida malakalarini oshirib kelmoqdalar. Shuning bilan birga fakultet prof-o‘qituvchilari Xitoyda tashkil etlayotgan xalqaro anjumanlarda  ham ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

FAKULTETNING ILMIY YO‘NALISHI

  1. “Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari”
  2. “Xitoy tilshunosligi”
  3. “Tarjima masalalari”
  4. “Hozirgi zamon Xorijiy sharq adabiyotining dolzarb muammolari”
  5. “Markaziy Osiyo va Xorijiy sharq mamlakatlari adabiy aloqalari”
  6. “Xorijiy sharq xalqlari adabiyoti poetikasi masalalari”
  7. “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlarining o‘zaro munosabatlari tarixi”
  8. “Xitoy siyosiy madaniyati va mafkurasi”
  9. “XXRning ekologiya siyosati”
  10. “Markaziy Osiyo davlatlarining va Sharqiy Turkiston bilan o‘zaro munosabatlari”
  11. “XXRning siyosiy jarayoni”
  12. “Milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash muammolari”
  13. “Markaziy Osiyo davlatlarining YeI va Xitoy davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari”
  14. “Xitoy va Yevropa davlatlarining xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘zaro munosabatlari”

FAKULTETNING ILMIY LOYIHALARI

  1. OF-136 “Sharq xalqlari adabiyoti va tarixi va janrlar tipologiyasi”
  2. “Xitoy tili, tilshunosligi, tarjimashunosligi, tarixi va iqtisodiyoti bo’yicha ilmiy-o‘quv adabiyotlrni yaratish”

 FAKULTET HAYOTIDAN FOTOLAVHALAR

photo_2018-08-27_19-29-09 photo_2018-08-27_19-29-18 photo_2018-08-27_19-29-17 photo_2018-08-27_19-29-15 photo_2018-08-27_19-29-14 photo_2018-08-27_19-29-13 photo_2018-08-27_19-29-12 photo_2018-08-27_19-29-10

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: