• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mutolaa madaniyati – ma’naviyat manbai

25.06.2019, 19:58 Yangiliklar 2426

Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqdalar. Jumladan, Yapon tili o‘qituvchilari Salomova F., Sugano R. raxbarligida 1-kurs talabalarining o‘quv amaliyoti doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan “Men o‘qishni tavsiya qiladigan kitobim” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda talabalar guruhlarga ajratilib, xar bir guruhga yapon tilida kichik asarlarni berib, ularni mazmunini gapirish va u xaqida o‘z fikrlarini yozma bayon etish vazifalari yuklandi. Talabalar bu vazifani bajarishga jiddiy yondashdilar. Ular nafaqat o‘zlari tanlagan kitoblarini, balki, o‘rtoqlari tavsiya qilgan kitoblarni ham o‘qib chiqishdi.

2

Talabalarimiz tomonidan taqdim etilgan annotatsiyalar ham mazmun jihatidan boy, xam shakl jihatidan  did bilan bajarilgan bo‘lib, boshqa talabalarning ushbu kitoblarga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga salmoqli xissa qo‘shadi. Talabalar tayyorlagan ishlarini ko‘rgazma uchun topshirdilar. Eng yaxshi guruh a’zolari kafedra tomonidan rag‘batlantirildilar.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: