BITIRUVCHI – 2018!
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2018-yil 10-iyul kuni 2017-2018 o‘quv yili bakalavr va magistr bitiruvchi talabalariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Mannonov Abdurahim Mutalovich ochib berdi. Institut rektori bitiruvchi talabalarni muborakbot etib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda uzoq yillik pedogogik tajribaga ega ustoz-murabbiylar va bitiruvchi talaba-yoshlarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, bitiruvchilarga o‘z tabriklarini yo‘lladilar. Shuningdek, iqtidorli bitiruvchi talabalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi Maxmasobirova Nigora so‘zga chiqib o‘z tengdoshlariga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng institut rahbariyati tomonidan talabalarga tantanali kuy-qo‘shiq sadolari ostida diplomlar topshirildi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: