• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Aziz va muqaddas ayol”

10.03.2018, 14:34 Yangiliklar 3661

Yurtimizda eng nozik va sirli hilqat bo‘lmish ayollarga yuksak ehtirom va e’tibor ko‘rsatiladi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni  munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Aziz va muqaddas ayol” nomli tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi. TDSHI rektori A.Mannonov barcha ayollar va qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga ezgu tilaklar bildirdi. Tadbir go‘zal kuy-o‘-qo‘shiqlar va qiziqarli shartlarga boy o‘tdi. Tashrif buyurgan mehmon va san’atkorlar Shahboz Abdurahmonov hamda “Ato” guruhi ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarda iliq ta’surot qoldirdi. O‘tkazilgan qiziqarli shartlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ushbu shartlarda qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida faol qizlar taqdirlandilar.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: