• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Institut rahbariyati va talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqoti

17.02.2018, 16:26 Yangiliklar 3466

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati 2018-yil 17-fevral kuni institutda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov so‘zga chiqib, institut ma’naviy-marifiy hayotida talaba-yoshlarning ishtiroki, ularning yutuq va kamchiliklari, institut hududida talabalar uchun me’yoriy tarzda o‘rnatilgan kiyinish odobi va unga rioya etilishi kabi masalalarga ota-onalar diqqatini qaratdi.

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kechayotgan istiqbolli o‘zgarishlar va yangiliklar bilan ota-onalarni tanishtirdilar. Yoshlarga oid davlat siyosatining institut miqyosidagi ijrosi, bu borada institut rahbariyati va ota-onalar oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda o‘quv fanlarini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha ota-onalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytardilar. So‘zga chiqqan ota-onalar institut rahbariyatiga nafaqat farzandlari tahsil olishi, balki ularning an’analarimizga sodiq komil inson bo‘lib voyaga yetishishlarida ko‘rsatayotgan jonbozligi uchun alohida tashakkur aytdilar.

Shundan so‘ng fakultet dekani I.Bekmurodov yakunlangan qishki semestr natijalariga doir hisobotni yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi. Ota-onalarni o‘z farzandlarining darslardagi ishtiroki va yangi bilimlarni o‘zlashtirishini nazorat qilishda institut rahbariyati tomonidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

Har tomonlama samarali muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida institut ma’naviy-marifiy hayotida faol ishtirok etib, o‘z ilmiy salohiyati va iqtidorini namoyish eta olgan bir guruh talabalarga institut rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.

navoiy-bobur5 navoiy-bobur3 navoiy-bobur2

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: