• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OAK raisi bilan uchrashuv

20.02.2018, 17:43 Yangiliklar 4639

2018-yil 15-fevral sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisi Yusupov Ahmadbek Tadjievich Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdi va TDSHI tadqiqotchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ahmadbek Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ-4958-sonli Qaroriga alohida to‘xtalib o‘tib, ikki tizimli doktoranturaning afzalliklari va tadqiqotchilarga keng yo‘l ochilganligi, imkoniyatlar ko‘payganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

OAK Raisi institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot faoliyatini ijobiy baholab, statistik ma’lumotlarga ko‘ra TDSHI doktorlik dissertatsiyalari himoyalari ko‘rsatgichi bo‘yicha Respublika oliy ta’lim muassasalari ichida 12-o‘rinda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda tadqiqotchilar Oliy attestatsiya komissiyasidagi o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan me’yoriy xujjatlar, ilmiy izlanishlar olib borishdagi muammolar, doktorlik dissertatsiyasi natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, doktorlik dissertatsiyasi himoyasi hamda dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.

235137792_227554

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: