• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

MEHR ULASHIB…

04.12.2017, 16:06 Yangiliklar 4368

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator faol va tashabbuskor talabalari hamda xodimlari 3-dekabr kuni Toshkent viloyatining Bo`ka tumanida 15-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Institutning “Yoshlar ittifoqi” boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu hayrli ishga institutning barcha sofdil hamda ezgulik ulashishga tayyor talabalari, xodimlar hamda professor-o`qituvchilar hissa qo`shdilar. Ta`kidlash joizki, hozirda 182 ta bolalar tarbiyalanayotgan ushbu Mehribonlik uyiga institut faollari bir necha yildan beri muntazam ravishda tashrif buyurib, u yerdagi bolalarning ko`nglini olish, ularga mehr va ezgulik ulashihsga harakat qilishadi. Bu safar ham yoshlar murg`ak qalb egalari ko`ngliga mehr berish uchun tong sahardan yo`lga chiqdilar. Kun davomida institutimiz vakillari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan turli xil o`yinlar, tanlovlar o`tkazdilar, ularga sovg`a-salomlar ulashdilar. Eng asosiysi, ko`ngli orzularga to`la bolalar bilan yaqindan tanishishdilar. Kelajakda shifokor, harbiy, oshpaz, san`atkor, dizayner va boshqa ko`plab turli xil kasblarni egallashni orzu qilayotgan ushbu bolalarning naqadar irodali, mehribon, ochiqko`ngil ekanligi hammada katta hayrat uyg`otgani rost. O`ylaymizki, bu kabi uylarda tarbiya olayotgan hamma bolalar kelajakka ishonch ko`zi bilan boqib, barcha ezgu niyatlariga erishadilar hamda vatanizmi ravnaqi uchun o`z hissasini qo`shuvchi yosh avlod bo`lib shakllanadilar. 10-dekabr sanasida esa yana bir bor ushbu dargohga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

photo_2017-12-04_16-01-36 photo_2017-12-04_16-04-31

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: