• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh sharqshunoslarning I-Forumi

08.02.2017, 20:19 Konferensiya 4534

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtidorli talabalar o‘rtasida ilmiy-ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi fikr va g`oyalar almashinishi uchun qulay muhitni shakllantirish, talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 2017-yilning 29-mart kuni “Yosh sharqshunoslarning I-Forumi”ni tashkil qilmoqda.
Forum mavzusi: “Sharqshunoslik  kelajagi  yoshlar  nigohida”.
Forumda institutimizning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Forumga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar quyidagi yo`nalishlardan biriga mos kelishi lozim:
1.    Sharq tillari va adabiyoti;
2.    Tarjimashunoslik;
3.    Sharq xalqlari tarixi va tarixshunoslik;
4.    Sharq falsafasi va madaniyati;
5.    Xalqaro munosabatlar;
6.    Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti.
Taqdim etilayotgan maqolalar dolzarb mavzuga bag’ishlangan bo‘lib, kirish, tahliliy qism va xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat holda shakllantirilishi zarur. Maqolaga ilmiy rahbar xulosasi ilova qilinadi.
Anjuman maqolalari to‘plami chop etilishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2017-yilning 25-fevraliga qadar o‘zbek, rus va ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolalar bosma va elektron tarzda, ilmiy rahbar taqrizi bilan birgalikda Iqtidorli talabalar markazi (asosiy bino, 209-xona) ga taqdim etilishi kerak. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni chop etish uchun tanlab olish huquqini o‘z zimmasida qoldiradi.
Forum ishtirokchilarini sertifikat bilan taqdirlash hamda forum yakuniga ko‘ra eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini aniqlash, ularni esdalik sovg`alari bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.

Taqdim etilayotgan maqolalarni rasmiylashtirish talablari:
1.    Forum materiallari MS Word 95-2003, 2007, 2010 (RTF) formatida, Times NewRoman shriftida, 14 hajm kattalikda, 1,5 intervalda yoziladi.
2.    Taqdim etilayotgan maqolalar 5 betdan kam bo‘lmasligi va 7 betdan oshmasligi lozim.
3.    Qog`oz hajmi A4 (210 x 297 mm), tepadan, pastdan, chapdan, o‘ngdan 2 sm qoldiriladi.
4.    Birinchi qatorda o‘rtadan bosh va qalin hafrlarda mavzuning nomi, 2- qator o‘ng tarafdan muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda o‘ng tarafdan muallifning ta`lim yo‘nalishi, kursi, telefon raqami va elektron pochtasi, 4-qatorda o‘ng tarafdan muallif ilmiy rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy lavozimi va unvoni, 5-qatordan matn yoziladi.
5.    Qo‘yilgan talablarga javob bermaydign maqolalar chop etilmaydi.

TDSHI Iqtidorli talabalar markazi, tel: +998712334521; (+99890) 9493464 Nigora Maxmasobirova, (+99890) 9791907 Sirojiddin Mahatov.
Manzil: Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 25, Iqtidorli talabalar markazi, 209-xona

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: