• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’qishni ko’chirish

photo_2020-07-15_18-21-39

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA O‘QISHINI KO‘CHIRISH BO‘YICHA MUROJAAT QILUVCHILAR DIQQATIGA!

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga

  • boshqa oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish;

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalarining universitet tarkibidagi bir-biriga

  • mos yoki turdosh bo‘lmagan (bakalavriatga kirish test sinovlari va magistraturaga kirish imtihonlari bir biridan farq qiladigan)ta’lim yo‘nalishlari(mutaxassisliklari)ga o‘qishini ko‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyunidagi  393-sonli Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

BUNING UCHUN TALABALAR:

  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhiga 2020 YIL 15 IYuLDAN 5 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.
  2. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash jarayonini tashkil etishda onlayn rejimda hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda va bu haqida ommaviy axbororot vositalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitetimizning rasmiy vebsaytlarida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGINI BILDIRGAN FUQAROLARDAN QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB ETILADI:

1.Ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish sabablari, ko‘chirish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

2.Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxasi;

3.Talabaning pasport nusxasi

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

(95) 515-15-05, 71 233-82-39, 71-233-34-28

15.07.2020, 18:27 2554

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: