• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

Bo’limning asosiy maqsadi Institut ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, olib borilayotgan ilmiy ishlarning texnik ta’minotini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion grant loyihalarini ishlab chiqish va yuritilishini muvofiqlashtirish, yuqori malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini o’rganish, tadbirlar o’tkazish, shu asosda ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bo’lim ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati bilan bog’liq faoliyatlarini Institutning umumiy faoliyati va ish rejalariga uyg’un tarzda, istiqbol va yillik ish rejalariga muvofiq olib boradi.

Bo’limning asosiy vazifasi bo’lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi va quyidagilardan iborat:

– Universitetning yillik ilmiy faoliyatini belgilaydi va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradi;

– Universitetning ilmiy muammolari doirasini belgilaydi;

– Universitetda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning mavzular bazasini shakllantiradi;

– Universitetga ilmiy izlanuvchilarni qabul qilish va ilmiy faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashadi;

– Universitet faoliyatiga doir bo’lgan mavzularda davlat ilmiy grantlarida ishtirok etadi;

– ilmiy jurnallar va nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy nashrlarni amalga oshiradi;

– ilmiy faoliyat bo’yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

– ilmiy faoliyat bo’yicha hisobotni yuritadi.

22.06.2020, 15:00 1746

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: