Sharqshunos talabalarga “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasida malakaviy amaliyot tashkil etiladi
“Xorijiy mamlakatlar isodiyoti va siyosati” fakulteti “Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi direktori Xabib Abdullaev tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Xabib Abdullaev Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi faoliyati , ushbu sohadagi qonunchilik bilan bog‘liq yangiliklar va EIHning investision faoliyati, jozibadorligi hamda uning hamkorlari masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, “Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi hamda “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi bilan kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, EIHda talabalarning malakaviy amaliyoti va sayyor darslarni tashkil qilish, ilmiy tadqiqotlar sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish kabilarga kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: