• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“YOSHLAR MUAMMOSI SHHT DAVLATLARI RAHBARLARINING E’TIBORIDA”

19.06.2018, 05:35 Yangiliklar 2945

14-iyun, 2018.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Yoshlar muammosi SHHT davlatlari rahbarlarining e’tiborida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

646543c8c8d1c63708c9bda7194f3fc7
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, O‘zXDP Istiqbol Yoshlar qanoti faollari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

6fbc372b9c15cd11c292f91ed31dbd87
Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad joriy yilning 8–9 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 18-sammiti, ushbu sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHT faoliyatini takomillashtirish, savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslar bilan ishtirok etganligi dunyo jamoatchiligi va ekspertlari tomonidan yuksak baholanganligi tahlil qilindi. Sammit natijalari bo‘yicha bir qator imzolangan hujjatlar qatorida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo‘ldi. Shunga ko‘ra, ushbu qo‘shma murojaat mazmun-mohiyati, ahamiyatini partiya tashkilotlari orasida keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu munosabati bilan davra suhbati o‘tqazildi va O‘zbekistonning SHHT sammitidagi ishtiroki, sammit doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan bildirilgan tashabbuslar va ularning ahamiyati partiya tashkilotlari va yoshlar orasida keng targ‘ib qilinib borilayotgani, ayniqsa har bir yoshning dunyoqarashini shakllantirishda muhim jihatligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda birinchidan, Joriy yilning 8–9-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 18-sammiti, ushbu sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHT faoliyatini takomillashtirish, savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslar bilan ishtirok etganligi dunyo jamoatchiligi va ekspertlari tomonidan yuksak baholanayotganligi;.

28fd88f183f426415bdb5dc98c2e89aa
ikkinchidan, joriy yilning 26-may kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar partiyalarining birinchi Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xitoylik va xorijiy mamlakatlardan 200 ga yaqin vakillar, jumladan, 20 ta davlatdan 30 dan ortiq siyosiy partiyalar, shuningdek, hamkor va kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar ham ishtirok etdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston siyosiy partiyalari vakillaridan iborat delegatsiya ham faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar mustahkam hamkorlikni ta’minlash uchun “Shanxay ruhi”ni yanada chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Siyosiy partiyalar vakillari bundan keyin ham barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, keng qamrovli partiyalararo va iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratishlari lozimligi ta’kidlandi. Bu esa o‘z navbatida partiya tashkilotlari, partiya faollari orasida ushbu forum hamda unda qabul qilingan bir qator kelishuvlarning mazmun-mohiyatini o‘rganish va ish faoliyatimizda joriy etishga alohida e’tibor qaratadi; Hayotimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu sababdan, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan joriy yilning 8–9 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 18-sammiti, sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq qabul qilingan ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati yuzasidan “Yoshlar muammosi ShHT davlatlari rahbarlarining e’tiborida!” mavzusida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirildi.

8251a4adb5666a2843400800d56b9ab8
Soha mutaxassislari tomonidan dunyo yoshlari o‘rtasida o‘zaro muloqot platformasini yaratish, ular duch kelayotgan muammolarning oldini olishda hamkorlik ishlarini jadallashtirish kabilar amaliy misollar orqali davra suhbati ishtirokchilariga aytib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar hamda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturining mazmun-mohiyati, murojaat yuzasidan yoshlarning munosabati, fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Davra suhbatiga yig‘ilganlar ushbu tashrif bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tadbir yakunida har bir ishtirokchi o‘z mustaqil fikrlarini o‘rtoqlashdi.
1e803b39bfe9afc02c9a878337035ae7 75a1b5bd905dcfbcaf5139f0231fde2b 5807d4fcfe527f8ca557bad95f997d54 cb84ef3d5b683efe378669d4015fbef8 f90c338424953ea1abcd649a18736755 f37fd5b2c79eaf0865fa078e7860396a 23036910105111137bee21c5a524cbf7    6dec1782c5cfdc817c6d86b544151628

Nilufar YULDASHEVA,
O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i.

manba:http://xdp.uz/oz/news/?ID=46270

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: