• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh sharqshunoslarning Ubaydulla Karimov nomidagi XIV ilmiy-amaliy konferensiyasi

11.04.2017, 11:23 Yangiliklar 4151

Joriy yilning 7-apreli sanasida O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida Yosh sharqshunoslarning Ubaydulla Karimov nomidagi XIV ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada taniqli sharqshunos-olimlar, tarixchilar, shuningdek, sharqshunoslik sohasining turli yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrant talabalar qatnashdilar.
Konferensiyaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sohibi, akademik Aziz Po‘latovich Qayumov, shuningdek, Ashraf Ahmedov, Dilorom Yusupova singari zabardast sharqshunos-olimlar tashrif buyurdilar.
Konferensiya davomida ilmiy izlanish olib borayotgan ilmiy tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar bir necha mavzular bo‘yicha ma’ruza qildilar. Konferensiya so‘nggida hay’at a’zolari tomonidan eng yaxshi ma’ruza, eng mazmunli ma’ruza, eng yaxshi taqdimot va eng yosh sharqshunos nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: