• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YOSH SHARQSHUNOSLARNING I FORUMI – “SHARQSHUNOSLIK KELAJAGI YOSHLAR NIGOHIDA”

27.04.2017, 08:57 Yangiliklar 4208

2017-yilning 22-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida buyuk sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, xalqaro Firdavsiy mukofoti laureati Shoislom Shomuhammedov xotirasiga bag`ishlab “Sharqshunoslik kelajagi yoshlar nigohida” nomli Yosh sharqshunoslarning I forumi tashkil etildi. Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati, professor-o`qituvchilar, Shoislom Shomuhammedovning oila a`zolari hamda 80 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Forumda ToshDSHI talabalari bilan bir qatorda JIDU, TIU, TMI kabi oliy ta`lim muassasalari talabalari ham faol ishtirok etishdi. Iqtidorli talablar 4 yo`nalish: filologiya, sharq falsafasi va tarixiy manbashunoslik, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar tarixi hamda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo`nalishlari bo`yicha o`z ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdim qilishdi. Forum so`nggida barcha istirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda yo`nalishlar bo`yicha eng zo`r taqdimot mualliflari aniqlanib, ularga esdalik sovg`alari topshirildi.

photo_2017-04-26_22-44-01 photo_2017-04-26_22-44-03photo_2017-04-26_22-43-55  photo_2017-04-26_22-44-09   photo_2017-04-26_22-43-58 photo_2017-04-26_22-44-07

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: