• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyaning Kansay universiteti vakillari tashrifi

10.09.2019, 15:07 Yangiliklar 1730

10-sentabr kuni ToshDSHIga o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Yaponiyaning Kansay universiteti Biznes va kommerciya fakul’teti professori janob Tokunaga Masahiro hamda Kansay universiteti xalqaro bo’limining aloqalar o’rnatish guruhi boshlig’i janob Takaichi Manabu tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif doirasida janob Tokunaga Masahiro ToshDSHIning XMI yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga “Yaponiya iqtisodiyoti va MDH davlatlariga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar kiritish” mavzusida ma’ruza o’qib, talabalar bilan o’zaro savol-javob tariqasida qiziqarli va mazmunli suhbat o’tkazdi.
Tashrif davomida rektor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna bilan o’zaro qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, “Double degree” dasturi bo’yicha o’zaro hamkorlik qilish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, yapon mutaxassislarini dars jarayonlariga jalb qilish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tez orada ikki yoqlama memorandum imzolashga kelishib olindi.

photo_2019-09-12_15-13-25 photo_2019-09-12_15-13-20 photo_2019-09-12_15-13-15 photo_2019-09-12_15-14-07 photo_2019-09-12_15-14-01 photo_2019-09-12_15-13-53

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: