• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yagonasan muqaddas Vatan!

08.06.2017, 17:16 Yangiliklar 4434

Mamlakatimizda yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, iste’dodlarini namoyon qilish maqsadida turli tanlovlar uyushtirilib kelinmoqda. “Yagonasan muqaddas Vatan!” nomli respublika ko‘rik tanlovi ham shular jumlasidandir. Joriy yilning 7-iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-apreldagi 248-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish va eksplutatsiya qilish institutida TTA, TDPU, TMI, O‘zMU, TDTU, O‘zDJTU talabalari o‘rtasida “Yagonasan muqaddas Vatan!” nomli respublika ko‘rik tanlovining 2-saralash bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Xitoyshunoslik” fakulteti talabasi Hamraxodjayeva Shahlo qatnashdi. Shahlo g‘oliblar qatoridan joy olib, diplom bilan taqdirlandi. Barcha institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari nomidan Shahloning ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!

IMG_6794

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: