• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorazmdan tuhfa

18.09.2020, 21:49 Yangiliklar 1650

Bugun erta tongda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi  Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashiga  Xorazm viloyati hokimiyatidan ko‘ngillarga xush yoquvchi sovg‘a keldi. Bu Hazrat Ogahiyning 10 jildlik asarlarining hozirgacha nashr etilgan  7 jildlik to‘plamidir.

Ushbu kitoblar Kengash a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari va tolibi ilmlarini nihoyatda quvontirdi. Armug‘on etilgan  kitoblar Ogahiy hazratlarining hayot va ijod yo‘llari, u zotning asarlarini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati  hamda Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi a’zolari nomidan Xorazm viloyati hokimiyati mas’ullariga samimiy tashakkurlarimizni yo‘llab qolamiz. El ma’rifati yo‘lidagi say’-harakatlaringizga zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: