• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

 Abdusalamova Gulrux Rahmatullaevna Muhsinov Avazmuhammad  Nosirovich
Ilmiy darajasi va unvoni:  –
Lavozimi:  Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni  (09:00-13:00)
Tel.: +998 71 233-29-85
E-mail: xab@tashgiv.uz

Xalqaro hamkorlik bo‘limi haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limning asosiy faoliyati Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalar, ta’lim markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limning rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yaponiyaning Sukuba, Tokio chet tillari, Xosey va Toyo universitetlari, Koreya Respublikasining Xanshin, Xankuk, Kyung-Xi, Pukyongi universitetlari va Koreya Foundeyshn jamg‘armasi, Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou, Shanxai, Sian universitetlari va Xanban ta’lim tashkiloti, Hindistonning G‘olib instituti, Vetnamning Xanoy davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat universiteti, Fransiyaning Parij Sharq tillari va sivilizatsiyasi instituti, Buyuk Britaniyaning Lankashir markaziy universiteti kabi 50 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Institutimiz xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, on-layn rejimida videokonferensiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Yurtimizda faoliyat yurgazayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining KOICA, Yaponiyaning JICE, JISA, Misr madaniyat markazi, Lal Baxodur Shastri nomidagi hind madaniyat markazi, Turkiyaning TIKA, Germaniyaning GOETHE instituti, Buyuk Britaniyaning BRITISh COUNCIL va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.
Sharq tillari, adabiyoti, tarixi va madaniyatini o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilash va ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida Xalqaro aloqalar bo‘limi hamroxligida institutimizda bir nechta markaz tashkil etildi:
• Konfutsiy nomli o‘zbek-xitoy instituti, 2005 yilning mayida;
• Sukuba universitetining Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi, 2006 yilning sentabrida;
• Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazi, 2007 yilning aprelida;
• O‘zbek va pokiston hamdo‘slik markazi, 2009 yilning mayida;
• Vetnam tili va madaniyati markazi, 2012 yilning noyabrida;
• Indonez tili vа mаdаniyati mаrkаzi, 2013 yilning mаrtidа;
• Koreyashunoslik mаrkаzi, 2013 yilning аprelidа.
Har yili 20 ga yaqin Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlardan taklif etilgan malakali professor-o‘qituvchilar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseylar va Konfusiy institutida o‘rganilayotgan davlat tili, adabiyoti va iqtisodiyotidan dars berib kelmoqdalar.
Shu bilan birga, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Vetnam, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya singari davlatlarning fuqarolari bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olmoqdalar.
TDShIning ko‘plab professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Osiyo, Yevropa hamda boshqa mintaqa davlatlarida o‘tkaziladigan tilshunoslik, sharqshunoslik, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, tarix, mintaqashunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. O‘zbek sharqshunoslik fani yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda TDShI Xalqaro hamkorlik Kengashi tomonidan tasdiqlangan, institutda yuqori baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol qatnashadigan, xulqi namunali talabalar hukumatlararo, institutlararo hamkorlik bitimlarga asosan o‘qib kelmoqdalar. 2015 yilda 50 nafardan ortiq bakalavr va magistrantlar Bruney sultonligi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Indoneziya, Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga, ta’lim markazlariga qisqa va uzoq muddatli stajirovkaga yuborildi.
Institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Chet ellik talabalarni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o’qishga qabul qilish shartlari

05.03.2020, 16:30 4245

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: