• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Vayoming universitetida ilmiy-o‘quv jarayonining tashkil etilish jarayoni va tajriba” mavzusida ma’ruza

16.01.2018, 18:12 Yangiliklar 3351

TDSHI Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetida 2018-yilning 15-yanvarida Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi tomonidan taklif etilgan Vayoming shtatida joylashgan Vayoming universiteti doktaranti Dilnoza Xasilova fakultet prof-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistratura bosqichi talabalari uchun “Vayoming universitetida ilmiy-o‘quv jarayonining tashkil etilish jarayoni va tajriba” mavzusida ma’ruza olib bordi. Unda Amerikadagi nufuzli universitetlardan biri kesimida tashkil etilgan dars jarayoni, darslarda qo‘llaniladigan uslublar, tarqatma materiallar, mustaqil ishlar va ularni qabul qilish jarayonlari haqida gapirib, Amerika ta’lim tizimi haqida fikr almashildi. Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida qo‘lga kiritgan va kiritayotgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

AQSH Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sharoitlar va talablaridan kelib chiqib tashkil etilishi, bitiruvchilarga bo‘lgan talabning qanaqa qondirilishi, ya’ni ularning ish joylariga taqsimoti va h.k., shulardan kelib chiqib, ta’lim maskaniga beriladigan reytinglar haqida ham yetarlicha tushuntirish berildi.

U o‘z ma’ruzasida Amerika oliy o‘quv yurtlarida prof-o‘qituvchilar tomonidan darslarning qay darajada tashkil etilganligi, talabalarning darslarga va umuman o‘qish jarayoniga munosabati, talabalarga qo‘yiladigan talablar haqida kengroq ma’lumot berdi.

Shuning bilan birga ta’lim jarayonida mustaqil ta’limning o‘rni muhimligi haqida gapirib, har bir prof-o‘qituvchi tomonidan darsdan tashqari paytlarda har bir talabaga ma’lum vaqt ajratilgan bo‘lib, belgilangan vaqtlarda talaba elektron tarzda internet tarmoqlari orqali berilgan vazifalarni topshirishlari kerakligi haqida gapirib berdi.

Ma’ruzasining oxirida O‘zbekiston va Amerika oliy yurtlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar haqida ham alohida to‘xtaldi.

vayoming02 vayoming03

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: