• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

She’riyat tongining yulduzi

01.03.2017, 18:38 Yangiliklar 4309

O‘zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi – Zulfiya, xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`lib, o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchlik ishiga, xalqlarning do`stligi va birodarligi ishiga katta hissa ko`shib kelgan. Sevimli shoiramiz o‘z she’rlari bilan barchani nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb xarorati bilan isitib kelmoqda.
2017-yil 1-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Sharq filologiyasi fakultetining Janubiy Osiyo tillari kafedrasi tomonidan Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlab “She’riyat tongining yulduzi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov kirish so‘zi bilan ochib, shoira hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. So‘ng talabalar o‘zlari tayyorlagan tadbir dasturlarini namoyish qildilar. Zulfiya she’rlaridan yod aytdilar. Shuningdek, talabalar ijrosida hind va o‘zbek tillarida qo‘shiq hamda raqslar taqdim etildi.
Tadbir davomida talablar tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub “Oltin devor” spektaklidan parcha namoyish etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Sharq filologiyasi fakultetining
Janubiy Osiyo tillari kafedrasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: