• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Kitoblar olamiga sayohat” nomli intellektual bellashuv

24.02.2017, 11:37 Yangiliklar 4830

2017-yil 22-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti dekani va “Kamolot” YIH Sharq filologiyasi fakulteti boshlang`ich tashkiloti yetakchilari boshchiligida fakultet miqiyosida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda fakultetning barcha bosqich talabalari o‘zlarining jamoalari bilan ishtirok etishdi. Bu kabi bellashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut talaba yoshlarini kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat. Bellashuvda besh jamoa o‘zaro kuch sinashdilar. Mazkur bellashuv natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni “Nazm javohirlari” 2-o‘rinni “Muhammas” 3-o‘rinni “Yosh kitobxon” jamoalari qo‘lga kiritdi. Bu jamoalardan tashqari “Sharqshunoslar” va “Lider” jamoalari ham fa’ol qatnashdi. Tadbir so‘ngida barcha jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

a003

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: