• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ISHSIZLAR VA ISH IZLOVCHILAR UCHUN

01.06.2017, 16:35 Interaktiv xizmatlar 10179

Har birimiz o‘z ixtiyorimizga ko‘ra ish joyi tanlash va tanlagan ish yerimiz bo‘lmish tashkilot, muassasaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki hech qanday to‘lovlarsiz yordam beruvchi Davlat bandlik xizmatlari (Bandlikka ko‘maklashuvchi markaz)dan foydalanish huquqiga egamiz. Ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazlari yurtimizning barcha hudud, shahar va tumanlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab, har oyda ish.mehnat.uz veb saytida e’lon qilib bormoqda. Saytda 5000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot mavjud. Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali o‘zingizga mos lavozimga taklif olishingiz va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Hatto o‘rindoshlik asosida ham ish boshlashingiz mumkin. Shuningdek, siz saytga o‘z ma’lumotnoma(rezyume)ngizni joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona-tashkilotlarga jo‘natishingiz imkoniyatiga egasiz. Ish qidirish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari hudud, shahar va tumanlar bo‘yicha kiritilgan. Ishga joylashish bo‘yicha shaxsiy yordamchi o‘zingizga mos bo‘lgan ishni topishda yordam beradi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: