• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yangiliklar

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali tashkil etiladi
14.03.2020, 09:51

13 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov rahbarligida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G. Rixsieva, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli A. Babaev va boshqalardan iborat delegatsiya Sankt-Peterburg davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsad ikki davlat oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlan...

Olima ayollar grantlari
13.03.2020, 15:24

Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, ularning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovasion loyihalar tanlovini e'lon qiladi. Batafsil ma'lumot uchun:...

Sharqshunos olimlarimiz Hindistonda
13.03.2020, 15:01

Joriy yilning 3-4 mart kunlari Hindistonning Haydarobod shahrida "Sharq ayollarining fors tili, adabiyoti, madaniyati va san'ati rivojiga qo‘shgan hissasi" mavzuida bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada «Sharq filologiyasi» tining «Eron-afg‘on filologiyasi» kafedrasi ustozlari - f.f.d., prof. A. Quronbekov va N. Xodievalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xalqaro konferensiyada 12 davlatdan...

Xalqaro hamkorlik
13.03.2020, 10:28

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Boltiq xalqaro akademiyasi senati raisi professor Stanislav Buka tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuvda ToshDShI rektori G.Rixsieva mehmonga institut faoliyati va tarixi haqida ma'lumot berdi. Suhbat davomida ToshDShI va Boltiq xalqaro akademiyasi bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi va tegishli takliflar beril...

Rektor stipendiyasi
11.03.2020, 14:05

CH O R L O V ! ODAMLAR HOY, ODAMLAR! ESHITMADIM DEMANGLAR! ESHITGANLAR DARMONDA, ESHITMAGAN ARMONDA! Rango rang chechaklar-u alvon-alvon lolaqizg‘aldoqlarning tarovati-yu ifori kishini sarxush qilayotgan, ko‘klamoyning nafasi ufurib turgan navbahor fasli hammamizga qutlug‘ bo‘lsin! Tole’i baland talaba-yoshlar! Siz azizlarni 2020 yilning 18 mart kuni institutimiz madaniyat saroyida bo‘lib o...

Sharqshunos professor bilan uchrashuv
09.03.2020, 16:45

Bugun institutimizga AQSH dagi Kolumbiya universiteti professori ‘’Do’stlik“ ordeni sohibasi Aziza Shonazarova tashrif buyurdi. Aziza Shonazarova 2007 yilda aynan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq falsafasi yo‘nalishini tamomlagan. Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari U.Begimqulov, institut rahbariyati, professor o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, talaba-yosh...

Hindiston madaniyat markazidan tuhfa
04.03.2020, 10:02

Hindistonning Ozbekistondagi elchixonasi va Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi tomonidan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi qoshidagi Maxatma Gandi hindshunoslik markaziga 5.500 AQSh dollari qiymatidagi elektron doska sovg‘a qilindi. Kompyuter, televizor, proektor, radio va boshqa bir qancha vazifalarni bajaruvchi ushbu doska talabalarga hindiy tilini chuqur o...

Sharqshunos doktorant Prezident stipendiyasi sohibiga aylandi
03.03.2020, 16:41

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Karimov Nodir Raxmonqulovich Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyoti va huquq yo‘nalishida 2020-yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ld...

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv
23.02.2020, 15:41

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5ta muhim tashabbusning 4-tashabbusini amalga oshirish maqsadida Turkiy tillar kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi xalqaro aloqalar bo'limi rahbari A.G'ulomov bilan talabalar uchrashuvini uyushtirdi. Tadbirda A.G'ulomovning "İstanbul...

Akademik bilan uchrashuv
22.02.2020, 15:38

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Tarix va falsafa" fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi bilan hamkorlikda Tarix fanlari doktori, professor, akademik Ahmadali Asqarov Askarovichning "O'zbek xalqining kelib chiqishi: muammolar va yechimlar" mavzusida ochiq ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi talabalarini...

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: