• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi

10.12.2021, 04:33 Yangiliklar 1986

2021-yilning 17-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan. Ilmiy anjumanga mamlakatimizdagi Ogahiy ijodi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan mumtoz adabiyotimizning taniqli mutaxassislari hamda olimlar taklif qilingan. Konferensiyada adib hayoti, faoliyati va merosiga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglanadi.
Konferensiyada qatnashish uchun maqolaning elektron ko‘rinishini 2021-yil 7-dekabrga qadar ogahiyanjuman@gmail.com elektron manziliga yoki @tsuosyoshlar telegram manziliga yuborish so‘raladi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 20 uy, 101-xona. Telefon: (71) 233 43 00

Axborot xati

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: