• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TTJda yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot

13.09.2019, 14:59 Yangiliklar 1756

13 sentabr kuni ToshDSHI rahbariyatining Talabalar turar joyi (Mirzo Ulug’bek tumani, Muhiddinov ko’chasi, 33-uy)da istiqomat qiluvchi talabalar bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi. Tadbirda institut rektori G. Sh. Rixsiyeva, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor A. A. Vohidov, fakultet dekanlari, TTJ komendanti S. Tursunov va ustoz-murabbiylar qatnashdilar. Ochiq muloqot mobaynida talabalar turar joyida yashovchi talabalarga Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi doirasida yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Bundan tashqari, talabalar muammolari, talab va takliflari, ularni qiziqtirgan masalalar yaqindan o’rganilib, ular yuzasidan chora-tadbirlar ko’rib chiqildi. TTJ Kengashi tarkibi saylandi hamda yangi o’quv yilida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

photo_2019-09-17_15-13-26 photo_2019-09-17_15-13-24

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: