• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Navro’z bayrami

02.04.2019, 16:59 Yangiliklar 2165

Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin ma’noda bahor, yangilanish bayrami. Bunda dasturxonlar noz-ne’matlarga, bahor taomlaridan sumalak, halim, yalpiz somsa, ko‘k chuchvaralarga to‘lib toshadi. Mana bir necha kundirki O‘zbekistonimizning barcha hududlarida Navro‘z bayrami munosabati bilan turli tadbirlar, ko‘rgazmalar, sayillar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘tkazildi. O‘tkazilgan mazkur tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Abu Rayhon beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidan taklif etilgan mehmonlar hamda institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodim va talabalari faol ishtirok etdilar. Atrof yam-yashil rangda, maydon bayramona bezatilgan.

Barcha akademik guruh talaba-yoshlari ishtirokida “Navro‘z-milliy qadriyatlar bayrami” mavzusida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi devoriy lavha” ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi va sovrindorlar rag‘batlantirildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan institutimizning rektori Abdurahim Mutalovich  barchani bayram bilan tabrikladilar.

Maydonga o‘rnatilgan sahnada institutimiz talabalari hamda chet davlat talabalari tomonidan tayyorlangan, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz aks etgan qo‘shiq va kuylar, sahna ko‘rinishlari va musobaqalar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi.

Bayram munosabati bilan barcha mehmonlar, o‘qituvchilar va hodimlar uchun osh dasturxoni yozildi.

photo_2019-04-02_17-14-59 photo_2019-04-02_17-15-00 (2)

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: