• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rektori “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati raisi

19.09.2018, 19:51 Yangiliklar 2737

2018-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston-Afg‘oniston”  do‘stlik jamiyati ta’sis etildi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida  «O‘zbekiston – Afg‘oniston aloqalarida yangi davr» nomidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayed Shaxobuddin Temuriy,  Toshkent davlat  sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov,  O‘zbekiston Republikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi raisi R.Kurbanov, “O‘zbekgidroenergo” AJ kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasi bosh mutaxassisi, afg‘onshunos olim R.Rashidov, afg‘on diasporasi  yetakchisi N.Raxmoniy hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rektori filogiya fanlari doktori, professor Mannonov Abdurahim Mutalovich “O‘zbekiston-Afg‘oniston”  do‘stlik jamiyati raisi etib saylandi.

Toshkent shahrida 2018-yilning 26-27-mart kunlari o’tazilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» nomli xalqaro konferensiyadagi nutqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “…Biz endi Afg‘onistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak. Afg‘oniston – bizning do‘stona hamkorimiz va qo‘shnimizdir. Ishonamanki, Afg‘onistonni qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalar tizimiga jalb etish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimiz bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni tinch hayotga qaytarish jarayoniga sezilarli hissa qo‘shadi…”, – deya ta’kidlagan edi.

Do’stlik jamiyatining tashkil etilishi esa ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamkorlikning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

photo_2018-09-19_19-34-25 photo_2018-09-19_19-34-51 photo_2018-09-19_19-35-01

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: