• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan Toshkent shahar Olmazor tumani xalq ta’limi o’rtasida o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi

31.08.2019, 16:49 Yangiliklar 1680

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli qarori ijrosini amalga oshirish doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan Toshkent shahar Olmazor tumani xalq ta’limi o’rtasida o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi. Unga muvofiq, 2019-2020 o’quv yilida tumandagi 7 ta maktabda sharq tillari, xususan, arab, turk, xitoy, koreys, hind tillarini 1-sinfdan boshlab o’qitish, o’zaro hamkorlikda innovatsion darslar va xo’jalik shartnomalari asosida qo’shimcha to’garaklar tashkil etish, TDSHI talabalarining maktablarda pedagogik amaliyot o’tashlari uchun imkoniyat yaratish, institut hamda maktab o’qituvchilari hamkorligida maktablarga mos o’quv adabiyotlari yaratish va shu kabi ilmiy, o’quv-uslubiy, ijtimoiy sohalarda o’zaro faol hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

photo_2019-09-03_16-48-48 photo_2019-09-03_16-48-49

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: