• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

Toshkent davlat sharqshunoslik institute akademik litseyi 1998 yilda tashkil topgan. 525 o’ringa mo’ljallangan 2 ta o’quv binosi va sport zaldan iborat. Iqtidorli o’quvchilar uchun xorijiy tillar va umum ta’lim fanlarini puxta o’zlashtirishlari uchun sharoyitlar yaratilgan. O’qish muddati ikki yil.

Oliy ta’limda o’qishni davom ettirish istagi bo’lgan umumta’lim maktablarining iqtidorli 9-sinf bitiruvchilariga xorijiy filologiya va ijtimoiy gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim olishlari uchun akademik litseyda imkoniyatlar yaratilgan. Akademik litseyda ta’lim yo’nalishlari: Xorijiy folologiya va ijtimoiy gumanitar fanlar.

Xorijiy filologiya yo‘nalishi bo‘yicha 9 ta xorijiy til o‘qitilishiga ixtisoslashgan guruhlar: xitoy tili, koreys tili, yapon tili, arab tili, turk tili, fors tili, hind tili, ispan tili va ingliz tillari guruhlari tashkil etilgan.  Mazkur guruhlarda xorijiy tillardan tashqari ona tili va adabiyot, tarix fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Ijtimoiy gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishida tarix faniga ixtisoslashgan guruh mavjud. Mazkur guruhda tarix fanlaridan tashqari ona tili va adabiyot,  ingliz tili fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi. Akademik litseyda malakali pedagog-xodimlar saboq berishadi. Akademik litseyda o’quvchilar uchun darsdan bo’sh vaqtda xorijiy tillar, umumta’lim fanlari va sport turlari bo’yicha to’garaklarda mashg’ulot olib boorish imkoniyatlari yaratilgan.

Akademik litsey ta’lim jarayonida Respublikamiz va xorijiy davlat universitetlari bilan xamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Jumladan: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat Pedagogika Universiteti, Toshkent INXA Universiteti, Toshkent Bucheon Universiteti, Koreya Respublikasining Chosun Universiteti, Sunchon Universitetlari bian xamkorlik olib boradi. Akademik litseyda yigirma uch mingdan ziyod umumta’lim fanlari, xorijiy tillarga oid darsliklar, ilmiy-ommabob adabiyotlar, badiiy adabiyotlarga ega “Axborot resurs markazi” faoliyat ko‘rsatadi.

Akademik litsey rahbariyati:

  1. Akademik litsey direktori – Sultonov Xojimurod Abduhakimovich;
  2. O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari – Nadjimxodjayeva Adolat Erkinovna;
  3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari – Saidaliyev Shuxrat Toirjonovich;
  4. Chet tillari bo’yicha director o’rinbosari – Saidov Saidolim ;
  5. Xo’jalik ishlari bo’yicha director o’rinbosari – Xodjayev Qobil O’tkirovich;

Akademik litsey manzili:

Toshkent  shahri Yunusobod tumani 7 mavze.

Telefonlar: 71 224 15 51, 71 221 95 27.

Elekrton pochta alyuxtal@inbox.uz,

Veb sahifamiz www.oriental.zn.uz,

Ijtimoiy tarmoq facebookdagi sahifamiz: akademik litsey tdshi.

23.04.2020, 19:50 2927

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: