• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tinchlik – xalq farovonligining asosidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

22.09.2017, 22:20 Yangiliklar 3809

21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Tinchlik – xalq farovonligining asosidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori A.Mannonov ochib, tadbir qatnashchilarini 21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida mustaqilligimizning birinchi kunidanoq davlatimiz rahbarlarining xalqimizni tinch-omonlikda bo‘lishi uchun olib borgan o‘ta muhim sa’i harakatlari haqida gapirdi. Shuningdek, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqi va unda ko‘tarilgan masalalar haqida ham yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tahliliy ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbirda Mirobod tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi X.Murotov, Mudofaa vazirligi xodimi, katta leytenant O‘.Xotamovlar so‘zga chiqib, yurtimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, yurtimiz tinchligini asrashga bel bog‘lagan harbiylarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar, ularning oilasini na’munali uy-joylar bilan ta’minlash, farzandlarining bog‘cha va maktablarda ta’lim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar haqida gapirdilar.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilariga O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi fidokorona faoliyatini yorituvchi tinchlik to‘g‘risidagi hujjatli film namoyish etildi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi o‘quvchilari, institut iqtidorli talabalari tadbir ishtirokchilariga o‘zlarining tinchlikni tarannum etuvchi go‘zal she’rlari, mardonavor kuy-qo‘shiqlari bilan a’lo kayfiyat ulashdilar.

photo_2017-09-25_22-22-43 photo_2017-09-25_22-22-40 photo_2017-09-25_22-22-35 photo_2017-09-25_22-22-33 photo_2017-09-25_22-22-31 photo_2017-09-25_22-22-28

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: