• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kechada ishtirok etishdi

14.12.2018, 15:02 Yangiliklar 2309

2018-yilning 12-dekabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan ijodiy kecha tashkil etildi. Ijodiy kechada Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Ijodiy kecha munosabati bilan teatr foyesining markaziy qismiga “Chingiz Aytmatov ijodidan namunalar” nomli stend o‘rnatilib, adibning O‘zbekistonda chop etilgan asarlari, turli yillarda adib haqida yozilgan kitoblar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 2-aprel kuni imzolagan «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi» qaroriga asosan adibning 90 yilligiga bag‘ishlab nashrdan chiqarilgan kitoblar, ushbu sana munosabati bilan joylarda o‘tkazilgan tadbirlar, “Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti” mavzusida o’tkazilgan ilmiy konferensiya, Toshkent shahridagi ko‘chaga adib nomining berilishi, uning asarlari asosida olingan filmlar, spektakllarni aks ettiruvchi sur’atlardan iborat ko‘rgazma ham tashkil etildi.

Ijodiy kecha davomida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olingan “Ikki elning suyukli farzandi” hujjatli filmi, Chingiz Aytmatovning “Jamila”, “Oq Kema” qissalari asosida sahnalashtirilgan spektakllardan parchalar, san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, 12-dekabr kuni Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko‘chasida adibning siymosi aks etgan yodgorlik – barelefning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

440_280_80_3133315036fdvP3cXonXNpzzl_SDuqjNdCQ0b1_ePkrQ0PXwyOIyzXP7IymftYTCMDJ0xKvOBv6AcqDm61a_nsfbu5o-7rVUBjsvNZQfz_NnwMyvC15446132877937_b

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: