• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI dotsenti Rixsiyeva Gulchexra Shavkatovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

21.02.2019, 17:22 Yangiliklar 2650

2019-yilning 16-fevral kuni Chirchiq shahridagi “Kimyo­garlar” madaniyat saro­yida Xalq deputatlari Toshkent viloya­ti davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma majlisda Yig‘ilishda MSK mas’ul kotibi Suyarjon Qurbonqulov, viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra  Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputati, institutimizning  Turkiy tillar kafedrasi dotsenti Rixsiyeva Gulchexra Shavkatovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

2019-yilning 21-fevral kuni TDSHIda O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuv davomida institutimiz rektori prof. A.Mannonov institut jamoasi nomidan G.Rixsiyevani muborakbod etib, kasbiy muvaffaqiyatlar va ilmiy zafar tiladilar.

photo_2019-02-21_17-49-45photo_2019-02-21_17-47-26

 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: