• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakulteti talabalarining yutuqlari

29.10.2018, 12:55 Yangiliklar 2888

Koreyashunoslik fakultetida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilishga katta e’tibor berilmoqda va natijada fakultet talabalari xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilayotgan bir qator  tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan:

KOREYA FONDI (KOREA FOUNDATION)NING XALQARO STIPENDIYALARI
Koreyashunoslik fakultetida tahsil olayotgan quyidagi magistrantlar Koreya fondi (Korea Foundation)ning xalqaro stipendiyasi sohibi bo‘ldilar:
Nazarova Madina (1-kurs magistranti)
Nazarqulova Nodira (1-kurs magistranti)
Murodova Durdona (1-kurs magistranti)
Taylanova Muqaddas (1-kurs magistranti)

CEJONG INSTITUTI (SEJONG HAKDANG) TANLOVI
2018-yilning 23-oktabr kuni Sejong instituti tomonidan o‘tkazilgan X O‘rta Osiyo Songyun insholar tanlovida Koreyashunoslik fakulteti 1-kurs magistranti Nazarova Madina 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Shuningdek, fakultetning 3-kurs talabasi Xolmirzaev Abdulaziz, 2-kurs talabalari Kenjayeva Busora va Alabedinov Sulton faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.

photo_2018-10-30_12-46-32

RESPUBLIKA INNOVASION TADQIQOTLAR MILLIY TANLOVI
2018-yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Innovasion rivojlanish vazirligi, BMTning Taraqqiyot dasturi Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminstr universiteti tomonidan Innovasion tadqiqotlar milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda Koreyashunoslik fakulteti 2-kurs talabasi To‘xtasinov Nurillo g‘olib bo‘ldi va unga grant mablag‘i taqdim etildi.

photo_2018-10-30_12-46-45

photo_2018-10-30_12-46-21 photo_2018-10-30_12-46-23

“YIL TALABASI” TANLOVI
2018-yilning 23-oktabr kuni 2018-2019 o‘quv yili uchun “Yil talabasi” tanlovining birinchi – institut bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning ushbu bosqichida Koreyashunoslik fakultetining 4-kurs talabasi Haqberdiyeva Nozima “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi, 2-kurs talabasi To‘xtasinov Nurillo “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi.

photo_2018-10-30_12-46-19 photo_2018-10-30_12-46-36

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: