• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’rifiy tadbir o’tkazildi

18.02.2019, 16:33 Yangiliklar 2108

2019-yilning 18-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda institut rahbariyati, Mirobod tumani IIB vakillari, Adliya vazirligi Uchtepa tumani bo’limi a’zolari, institut professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori A.Mannonov kirish so’zi bilan ochib, institut jamoasi va talaba-yoshlar orasida huquqiy bilimlar targ’ibotini kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish mamlakatimiz taraqqiyotini belgilovchi muhim omillardan biri ekanligi, bunda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda bu borada hukumat tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mirobod tuman prokuraturasi katta yordamchisi M.Niyozmetov, Mirobod tuman prokuroturasi yordamchisi I.Bo’riev, Mirobod tuman Ichki Ishlar profilaktika inspektori A.Rejamatov, Mirobod tuman Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik M.Miraliev o’z so’zida jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo’yicha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalari, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, bu borada yoshlarning o’z millati oldidagi burchi nimalardan iborat bo’lishi kerakligiga talabalar e’tiborini qaratib o’tdi.

Qizg’in suhbatdan so’ng Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o’tkazish foydadan xoli bo’lmasligini ta’kidladi. Tadbir so’ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javob va tushunchalar berildi.

14 56

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: