• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TABRIKLAYMIZ!!!

28.04.2018, 16:43 Yangiliklar 3183

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Sirojiddin Nurmatov Sultanmuratovich Hindiston Respublikasining “ICCR (Indian Council for Cultural Relation) Distinguished Alumni Award 2017” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu mukofot 2018 yilning 13 aprelida Hindistonning Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonim tomonidan taqdim etildi. Mazkur mukofot dunyo bo‘yicha 5 ta olimga, ya’ni Bangladesh, Tailand, Maldiv, Shri-Lanka Respublikalari olimlari qatorida O‘zbekistonlik sharqshunos, hindshunos Sirojiddin Nurmatovga ham taqdim etilganligi barchamizni mamnun etdi. Hindiston Respublikasi yosh olim Sirojiddin Nurmatovni O‘zbekistonda Hindiy tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi, qolaversa, hindshunoslikka qo‘shayotgan hissasini e’tirof etgan holda, uni mazkur mukofot bilan taqdirladi. Institutimiz jamoasi “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi dotsenti, hindshunos Sirojiddin Nurmatovni Hindiston Respublikasining “ICCR (Indian Council for Cultural Relation) Distinguished Alumni Award 2017” mukofotiga sazovor bo‘lganligi bilan chin qalbdan muborakbod aylaydi.

IMG-20180413-WA0039 20180428_151435

20180428_151320 20180428_151258

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: